Maxfiylik siyosati
Yangilangan: 2026-09-14
1. Kim ma’lumotni qayta ishlaydi
Dental Navigator — stomatologiya klinikalari va shifokorlarini topish va qabulga yozilish xizmati (sayt dentalnavigator.uz, mijoz va klinika kabinetlari, Telegram-bot va Mini App). Ma’lumotlarni qayta ishlash operatori — Dental Navigator jamoasi, aloqa: info@dentalnavigator.uz.
2. Qanday ma’lumotlar yig‘iladi
Telefon raqami va ism — qabulga yozilish va kabinetga kirish uchun.
Yozuv ma’lumotlari: klinika, shifokor, sana va vaqt, xizmat, qabul natijasi va hisob — kabinetda ko‘rsatish uchun.
Geolokatsiya — faqat siz «Lokatsiyani yuborish» tugmasini bosganingizda, eng yaqin klinikalarni ko‘rsatish uchun; saqlanmaydi.
Telegram identifikatori va tanlangan til — bot va Mini App ishlashi uchun.
Texnik ma’lumotlar (sessiya, brauzer turi) — xavfsizlik va xatolarni tuzatish uchun.
3. Nima uchun ishlatiladi
Qabulga yozilish va klinikaga zayavka yetkazish; kabinetda yozuvlar, davolash rejasi va to‘lovlar tarixini ko‘rsatish; yozuv haqida bildirishnomalar; klinikalar xabarlaridan voz kechish imkoniyati.
Reklama xabarlari faqat rozilik bilan yuboriladi; kabinetdagi profil sozlamasida ulardan voz kechish mumkin. O‘z yozuvlaringiz haqidagi xabarlar har doim keladi.
4. Kimga beriladi
Yozilgan klinikaga — ism, telefon va yozuv ma’lumotlari (qabulni o‘tkazish uchun). Uchinchi shaxslarga sotilmaydi. Karta tasvirlari va rentgen suratlari klinikaning tibbiy hujjati hisoblanadi va faqat klinika xodimlariga ochiq.
5. Qayerda saqlanadi
Barcha ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda saqlanadi. Bazaning kundalik zaxira nusxasi olinadi.
6. Sizning huquqlaringiz
Kabinetda ma’lumotlaringizni ko‘rish va o‘zgartirish, xabarlardan voz kechish, hisobni o‘chirishni so‘rash — info@dentalnavigator.uz manziliga yozing. So‘rov 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
7. Telegram
Bot va Mini App Telegram’dan foydalanuvchi identifikatori, ism va (rozilik bilan) telefon raqamini oladi. Telegram’ning o‘z siyosati alohida amal qiladi.